Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumatning joriy yil 6-noyabrdagi 700-son qarori bilan «Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga ko‘ra, pochta va kurerlik jo‘natmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak.

Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi tomonidan pochta va kurerlik jo‘natmalari bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga taqdim etiladi.

Ushbu jo‘natmalar orqali olib kiriladigan va yuboriladigan tovarlar bojxona nazoratida tashish shartlariga rioya etgan holda manzil bojxona postiga yetkaziladi.

Jo‘natmalarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish, saqlash va boshqa shu kabi yuk operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlar pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi hisobidan qoplanadi.

Pochta va kurerlik jo‘natmasi bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llagan holda «qizil», «sariq» va «yashil» yo‘laklar orqali ro‘yxatga olingan jo‘natmalar deklaratsiyasi asosida bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring