Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Latviyadan ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Latviyadan ekstraditsiya qilindi

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan Latviyadan firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ekstraditsiya qilindi.

Qidiruvdagi shaxs bir necha yillar davomida AQShga chiqib ketishni niyat qilgan jabrlanuvchilarga o‘zini Qo‘shma Shtatlarning Toshkentdagi elchixonasi xodimi sifatida tanishtiradi va hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijga chiqishga ruxsat olishda o‘z xizmatlarini taklif qiladi. Buning evaziga katta miqdordagi pullarni olib kelgan.

Ma’lum qilinishicha, jabrdiydalarning pullarini olib chet elga chiqib ketgach, shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirib, xorijiy davlatning soxta pasportidan foydalangan holda jinoiy faoliyatini davom ettirib, o‘zini hamon elchixona xodimi sifatida tanishtirib yurgan. Shuningdek, u firibgarlik bilan o‘z «xizmat»larni ko‘rsatib, jabrlanuvchilarning pul mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan.

«Biroq qidiruvda bo‘lgan shaxsni aniqlash bo‘yicha uzoq davom etgan jarayonga qaramay, uning chet el pasportini soxta, shaxsiy ma’lumotlarini esa haqiqiy emas deb topib, Toshkent va Riga Intnerpolning MMB birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida huquqbuzarning shaxsi aniqlanib, qo‘lga olindi», – deyiladi Interpol MMB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring