Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro sud rossiyalik ikki qo‘mondonni qamoqqa tashlashga buyruq berdi

Xalqaro sud rossiyalik ikki qo‘mondonni qamoqqa tashlashga buyruq berdi

Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya uzoq masofali aviatsiyasi qo‘mondoni general-leytenant Sergey Kobilash va Qora dengiz floti qo‘mondoni admiral Viktor Sokolovni hibsga olishga order berdi.

Bu haqda sud bayonotiga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Xalqaro jinoiy sud palatasi Ukrainadagi vaziyat nuqtai nazaridan, ushbu shaxslarni kamida 2022-yil 10-oktyabrdan kamida 2023-yil 9-martgacha sodir etilgan jinoyatlar uchun hibsga olish uchun order berdi», — deyiladi xabarda.

2023-yil yanvar oyida Ukraina Xavfsizlik xizmati Kobilashni «Ukrainaning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilishda» ayblagandi. Xuddi shunday ayblovlar Rossiya harbiy-dengiz floti Qora dengiz floti sobiq qo‘mondoni Igor Osipovga ham qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 17-mart kuni Xalqaro jinoiy sudning dastlabki tergov palatasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Prezidentning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml sudning Putinni hibsga olish orderi haqidagi qarorini ahamiyatsiz deb biladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring