Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro yo‘qolgan bolalar kuni. Birgina yo‘qolgan bola juda katta raqam

Xalqaro yo‘qolgan bolalar kuni. Birgina yo‘qolgan bola juda katta raqam

Xalqaro bedarak yo‘qolgan bolalar kuni har yili 25 may kuni nishonlanadi. Bu kun topilgan va oilasiga qaytarilgan bolalar uchun quvonchli bayram bo‘lsa, g‘oyib bo‘lgan va topilmagan bolalar, o‘smirlar uchun xotira kuni. Ushbu sanadan ko‘zlangan maqsad ota-onalar, vasiylar, tarbiyachilar va o‘qituvchilar bolalarning farovonligi va xavfsizligi ularning qo‘lida ekanligini unutmasliklaridir. Kunning ramzi – ko‘k rangli zag‘chako‘z (sinyaya nezabudka) guli hisoblanadi. Bu gul quvonch va sodiqlik ramzi, ya’ni bu bolani yo‘qotishdek qayg‘uli hodisani boshdan o‘tkazmaslik va yana unutilmaslikka ishora.

Bu kunning o‘z tarixi bor. 1979-yil 25 mayda Amerika Qo‘shma Shtatlarda olti yoshli Evian Pates g‘oyib bo‘ldi. U ertalab uydan chiqib, maktab avtobusi bekati yo‘lida g‘oyib bo‘lgan. Bolaning ilk mustaqil ertalab ko‘chaga chiqishi oxirgisi ham edi. O‘sha paytda AQShda yo‘qolgan bolalarni qidiradigan biron bir tashkilot yo‘q edi. Shuning uchun qidiruvda faqat politsiya va ko‘ngillilar ishtirok etdi. Evianning otasi, professional fotograf, o‘g‘lining fotosuratlari to‘plamiga ega edi. Fotosuratlar «Yo‘qolgan bola» sarlavhali varaqalar va sut qutilariga chop etish uchun ishlatilgan. Bolaning surati Tayms xiyobonidagi ekranlarda namoyish etildi. Ular bolani bir necha yil qidirdilar, ammo topa olmadilar. 1983-yilda Amerika prezidenti Ronald Reygan 25 mayni Milliy bedarak yo‘qolgan bolalar kuni deb e’lon qildi.

Qisqa vaqt ichida bolalarning yo‘qolishi global muammoga aylandi. Qo‘shma Shtatlarga boshqa davlatlar qo‘shildi. 1997-yilda yo‘qolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalar xalqaro markazi (ICMEC) tashkil etildi. Ushbu tashkilot 2010-yilda Xalqaro bedarak yo‘qolgan bolalar kunini belgilash tashabbusi bilan chiqqan.  

«Yo‘qolgan bola» tushunchasining umumiy ta’rifining yo‘qligi va bu muammoga umumiy munosabat butun dunyo bo‘ylab muammoning ko‘lami bo‘yicha har xil statistik ma’lumotlarga olib keladi. Avstraliyada har yili 20 000 ga yaqin bolalar bedarak yo‘qoladi. (Avstraliya Federal politsiyasi, Milliy muvofiqlashtirish markazi.)

Kanadada har yili taxminan 45 288 bola bedarak yo‘qoladi.

(Kanada hukumati, Kanadaning yo‘qolgan – 2015-yilgi tezkor faktlar varaqasi.)

Germaniyada har yili 100 000 ga yaqin bolalar bedarak yo‘qolgan deb xabar qilinadi.  

Hindistonda har yili taxminan 96 ming bola bedarak yo‘qoladi.

Yamaykada 2015-yilda taxminan 1984 nafar bola bedarak yo‘qolganligi haqida xabar berilgan. (Yamaykaning bolalarni ro‘yxatga olish boshqarmasi)

Rossiyada 2015-yilda taxminan 45 000 bola bedarak yo‘qolganligi haqida xabar berilgan.

Ispaniyada har yili 20 000 ga yaqin bolalar bedarak yo‘qoladi.  

Buyuk Britaniyada har yili taxminan 112 853 bola bedarak yo‘qoladi.

(Jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligi, Buyuk Britaniyaning bedarak yo‘qolgan shaxslar byurosi.)

Qo‘shma Shtatlarda har yili taxminan 460 000 bola bedarak yo‘qoladi.

Biroq, bu muammoning faqat bir lahzasi. Ko‘pgina mamlakatlarda yo‘qolgan bolalar haqidagi statistika hatto mavjud emas va afsuski, hatto mavjud statistik ma’lumotlar ham quyidagi sabablarga ko‘ra noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin: kam hisobot berish, e’tirof etmaslik, ma’lumotlarni noto‘g‘ri ma’lumotlar bazasiga kiritish, ish yopilgandan keyin yozuvlarni o‘chirish.

Masalan O‘zbekistonda yo‘qolgan bolalar soni haqida biron tashkilot statistik ma’lumot bermagan, izlab ham topolmaysiz.

Statistik ma’lumotlar (ICMEC)ning «Yo‘qolgan bolalar modeli» tizimini ishlab chiqish va himoya qilishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib, u mamlakatlarga kuchli, har tomonlama milliy javoblarni shakllantirishda yordam beradi va samaraliroq yordam beradi. Masalan, yo‘qolgan bolalar ishlarini tergov qilish, boshqarish va hal qilish.

Bitta bedarak yo‘qolgan bola juda katta raqam. Shunday ekan, yo‘qolgan va o‘g‘irlangan bolalar haqida global tushuncha shakllanishiga hamma birday burchli va javobgar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring