Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi

Xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi

Xavf darajasi yuqori bo‘lgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14 avgustdagi 502-son qaroriga ko‘ra, ushbu ro‘yxatga:

  1. bolalar uchun so‘rg‘ichlar;
  2. tish cho‘tkalar;
  3. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ovqatlanishi uchun idishlar;
  4. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dastlabki bosh kiyimlar;
  5. Pijama, ichki shim, pantalon, issiq ko‘ylak (fufayka), ichki ko‘ylak (kombinatsiya), mayka, taglik, qalpoqcha, slayder, kalta ko‘ylak (bluzka), ichki kiyim, tugmasiz yaktakcha (raspashonka) va shunga o‘xshash 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimlari;
  6. Paypoqli ishtonchalar (kolgotka), paypoqlar, uzun paypoq (chulki) va yarim uzun paypoqlar (yarim chulki) hamda shunga o‘xshash 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimlari;
  7. namlikni yutuvchi materiallar (tagliklar), shuningdek, gigiyenik paxta tayoqchalar (burun va quloqni tozalashga) va bolalar uchun mo‘ljallangan shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar kiradi.

Ushbu mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mahsulotdan namuna tanlab olish, uni sinov laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazish, o‘tkazilgan sinov va o‘lchash natijalarini ekspertizadan o‘tkazish va boshqa tartibotlarni bajarishni o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring