Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy aholisi 70 yildan beri ilk marotaba kamaydi

Xitoy aholisi 70 yildan beri ilk marotaba kamaydi

Foto: «Vesti Ekonomika»

Xitoy aholisi 2018-yili 1,27 million kishiga kamaydi, aholi soni 70 yildan beri ilk marotaba qisqardi.

Mutaxassislar hisoblashicha, mamlakatda 2018 yili bolalar tug‘ilishi bir yil oldingiga qaraganda 2,5 million nafarga kamaygan, holbuki prognozlarda bu ko‘rsatkich 790 ming nafarga oshishi aytilgandi.

Viskonsin universiteti olimi I Fusyanning fikricha, bu tendensiya bardavom bo‘lishi mumkin. Chunki Xitoyda bola tug‘ish yoshidagi, qolaversa, turarjoy, ta’lim olish, tibbiy yordam uchun pul yetarli bo‘lmagan sharoitda farzand ko‘rish istagidagi ayollar soni kamayib boryapti.

XXR statistika milliy idorasi demografiyaning yillik sur’ati haqidagi ma’lumotlarni yanvar oyi oxirida chiqarishni rejalashtirgan. Tashkilot bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Xitoyda 2017-yili 1,39 milliard kishi yashagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring