Xitoy AQShdan gaz importini to‘xtatdi

Pekin va Vashington o‘rtasidagi savdo urushi keskinlashishi oqibatida Xitoy AQShdan siqilgan (suyultirilgan) tabiiy gaz (STG) importini butunlay to‘xtatdi, deb xabar berdi Financial Times.
Amerika suyultirilgan gazining so‘nggi partiyasi Xitoyga 6 fevralda keltirilgan. Shu bilan ta’minot to‘xtagan.
«Tariflar embargo darajasigacha oshishi sababli, jahon STG oqimlari qayta taqsimlanmoqda», — dedi Energy Aspects konsalting kompaniyasi tahlilchisi Richard Bronz.
Uning fikricha, yaqin kelajakda Yevropada gaz narxi ozroq pasayadi, chunki Osiyoda STGga yalpi talab 5-10 mln tonnagacha kamayadi.
Nashr qayd etishicha, 2049-yilgacha AQShdan STG import qilish bo‘yicha Xitoy kompaniyalarining 13 ta uzoq muddatli shartnomasi mavjud. Shunga qaramasdan, hozirgi ziddiyat nuqtai nazaridan, Pekin va Vashingtonning bu boradagi hamkorlik istiqbollari mavhum bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter