Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy armiyasi yangi raketasini sinovdan o‘tkazdi

Xitoy armiyasi yangi raketasini sinovdan o‘tkazdi

O‘rta uzoq masofaga mo‘ljallangan «DF-17» ballistik raketalari XXRning 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda.

Foto: «RIA Novosti»

Xitoy markaziy televideniyesi Xalq-ozodlik armiyasining raketa qo‘shinlari mashg‘ulotlaridan lavha namoyish etdi. Unda yangi turdagi raketa sinovlari ko‘rsatilgan.

Harbiy o‘quvlar yaqinda mamlakat shimoli-g‘arbida bo‘lib o‘tgan. Qiyin tabiat sharoitlari va murakkab elektromagnit xalaqitlariga qaramay, birinchi noyadroviy brigada yangi jangovar kallaklar o‘rnatilgan raketalarni muvaffaqiyatli uchirgan. Har ikki raketa yuzlab kilometr masofadagi nishonga aniq borib tekkani, shartli raqibning mudofaa tizimi asosiy aloqa bog‘lamalarini samarali yo‘q qilgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu sinovlardan keyin Xitoy armiyasi raketa qo‘shinlari tizimi hujumkorlik va mudofaa darajasi oshgan.

Reportajda raketalarning nomlari va texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring