Xitoy ilk bor 10G texnologiyasini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasida birinchi 10G keng polosali tarmoq ishga tushirildi.
Mydrivers’ning yozishicha, mahalliy ishlab chiquvchilar hozirgacha dunyodagi eng tezkor internetni yaratishga muvaffaq bo‘lishgan.
«Huawei va China Unicom kompaniyalari Syunan hududida birinchi 10G keng polosali tarmoqni muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun kuchlarini birlashtirdi. 10G keng polosali ulanish dunyodagi birinchi 50G PON yechimiga asoslanadi. Optik tolali ulanish tarmog‘ining asosiy arxitekturasini yangilash orqali har bir foydalanuvchining o‘tkazish qobiliyati an’anaviy gigabit darajasidan 10G gacha ko‘tariladi hamda tarmoqning kechikishi millisekundlar darajasiga kamayadi», – deyiladi maqolada.
Haqiqiy yuklab olish tezligi allaqachon 9 834 Mbit/s ga yetgan va yuklash tezligi 1 008 Mbit/s ni tashkil qiladi. Texnologiyaning yuqori o‘tkazish qobiliyatini talab qiladigan kelajakdagi ilova va xizmatlar – 8K video va bulutli saqlash kabilarni ishlab chiqish imkoniyatlari alohida ta’kidlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter