Xitoy kompaniyasi Amudaryo havzasidan neft qazib olishni 25 yilga sotib oldi

Kecha, 5-yanvar kuni Xitoyning CAPEIC kompaniyasi Afg‘onistondagi Amudaryo havzasidan neft qazib olish huquqini 25 yilga sotib oldi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu shartnomani imzolashda Tolibon rahbari Abdulg‘ani Baradar ishtirok etgan. Xitoyga sotilgan maydondagi neft zaxiralari 87 mln barrelga baholangan.
Amudaryoning neft va gaz havzasi bilan bog‘liq bo‘lgan Jauzjon, Sari-Pul va Faryob viloyatlaridagi Qashqari, Zumrud-Say, Bozor-Kami, Oqdaryo va Angut konlari shartnomaga kiradi. Ularning maydoni 4,5 ming km², neft zaxiralari 87 million barrelga baholangan. Qo‘shimcha qidiruv ishlaridan so‘ng «Qashqari» konida sutkalik ishlab chiqarish 200 tonnadan 1000 tonnagacha oshiriladi.
Shartnomaga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi xom ashyoni qayta ishlash uchun 3 yil davomida 450 million dollar sarmoya kiritishi va 3000 ish o‘rni yaratishi kerak. Afg‘oniston 3 yildan so‘ng qayta ishlangan yoqilg‘i eksportini yo‘lga qo‘yish va loyihadagi ulushini 15 foizdan 75 foizga oshirish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter