Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy kompaniyasi Bo‘stonliqda 1 mlrd dollarlik GTES quradi

Xitoy kompaniyasi Bo‘stonliqda 1 mlrd dollarlik GTES quradi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 600 MVtga teng, umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan «Yuqori Pskem» gidro to‘plash elektr stansiyasi (GTES) quriladi.

Bu borada Pekinda bo‘lib o‘tgan «Bir makon, bir yo‘l» forumi doirasida «O‘zbekgidroenergo» AJ va Xitoyning «China Southern Power Grid International» kompaniyasi o‘zaro JDA kelishuvi (joint development agreement – birgalikda rivojlantirish shartnomasi)ni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yozida ushbu kompaniya bilan qiymati 1 mlrd 640 mln dollarga teng, quvvati 820 MVt bo‘lgan 3 ta loyiha – «Yuqori Pskem» GTES (quvvati 200 MVt), «Qarateren» GTES (500 MVt) hamda «Yuqori Pskem» GES (120 MVt) gidroinshootlarini qurish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring