Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy kompaniyasi Buxorodagi neft zavodini modernizatsiya qiladi: maqsad AI-80 ishlab chiqarishni to‘xtatish

Xitoy kompaniyasi Buxorodagi neft zavodini modernizatsiya qiladi: maqsad AI-80 ishlab chiqarishni to‘xtatish

O‘zbekistonda AI-80 benzinidan butunlay voz kechish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, bu maqsadda 3-4ta kompaniya bilan muzokara va izlanishlar o‘tkazilmoqda.

Bu haqda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Odil Temirov ma’lum qildi.

Jumladan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-80 markali benzin ishlab chiqarishni to‘xtatish uchun uni qisman modernizatsiya qilish kerak bo‘ladi.

«Buxoro NQIZda qaysi qurilmalarni modernizatsiya qilish kerakligi haqida aniq bilamiz. Bu odatda 2−2,5 yilni talab etadi. Prezident buni uzil-kesil 2025-yilda amalga oshirish topshirig‘ini qo‘ydi», – deydi Odil Temirov.

Uning qayd etishicha, bu masala bo‘yicha davlat rahbarining Xitoyga tashrifi doirasida «O‘zbekneftgaz» Xitoy milliy neft korporatsiyasi bilan kelishuvga erishgan.

«Hozirgi kunda biz Xitoyning «China National Petroleum Corporation» kompaniyasi bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish ishlarini olib boryapmiz. Hozirda AI-80 benzinimiz «Yevro-2» talablariga javob beradi. AI-80 benzini 2000-yillarda ishlab chiqilgan standartlarga mos keladi. Lekin hozirgi kunda bu benzindan atrof-muhitga ko‘proq zararli gazlar tashlanadi.

Shuning uchun bugungi kunda «Yevro-5» hamda «Yevro-6» talablari bo‘yicha butun dunyoda ekologik talab yuqori bo‘lgani uchun 92 va undan yuqori sifatli benzinga o‘tilgan», – deydi Temirov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari bosh vazir Abdulla Aripovga 2025-yildan AI-80 markali benzinidan foydalanishni butunlay to‘xtatish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring