Xitoy madaniyat va turizm vaziri Samarqanddagi turizm ob’yektlari bilan tanishmoqda
Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin Samarqanddagi turizm ob’yektlari bilan tanishmoqda.
O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya hamrohligida tarixiy shaharning sayyohlik joylari – Ulug‘bek rasadxonasi, «Afrosiyob muzeyi» hamda «Shohi-Zinda» ansambli bilan tanishildi. Shu bilan birga, mehmonlarga Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev hamrohlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, XXR delegatsiyasining tashrifidan maqsad «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusining 10 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishdan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter