Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy osmonida noma’lum uchar jismlar paydo bo‘ldi

Xitoy osmonida noma’lum uchar jismlar paydo bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Xitoy ommaviy axborot vositalari mamlakat shimoli-sharqidagi Xeylunszyan viloyati (Rossiya bilan chegaradosh) osmonida noma’lum uchar jismlar (NUJ) paydo bo‘lgani haqida yozmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Uchar jismlar juda balandda, xuddi olovli sharlar shodasi kabi ko‘ringan. Ulardan yorqin nur taralgan, biroq hech qanday tovush chiqarmagan.

Guvohlarga ko‘ra, o‘chib-yonib turgan olovli sharlar juda qisqa vaqt ko‘rinib, keyin batamom ko‘zdan yo‘qolgan.

Ta’kidlanishicha, xuddi shunga o‘hshash hodisalar Xitoy sharqidagi Shandun hamda janubidagi Guandun viloyatlarida ham kuzatilgan.

NUJlarning tabiati va kelib chiqishi haqida hozircha hech qanday rasmiy axborot berilmadi.

Kecha, 13-fevral kuni AQSh harbiy havo kuchlari Guron ko‘li (Kanada hududi) ustidagi noma’lum uchar jismni urib tushirgandi. Amerikaliklar bu va avvalroq paydo bo‘lgan obyektlarni Xitoyga tegishli deya shubha qilishyotgandi. Ushbu hodisa tafsilotlari ham hozircha ochiqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring