Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy portidan O‘zbekistonga Eron orqali yo‘l ochiladi

Xitoy portidan O‘zbekistonga Eron orqali yo‘l ochiladi

Xitoyning Siyamen portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

Xitoyning Siyamen portidan Sergeli stansiyasiga Eron orqali birinchi konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Tarkibida maishiy texnika yuklari (muzlatgich, kir yuvish mashinasi, gaz plitalari) bo‘lgan konteynerlar Xitoydan dengiz orqali Bander-Abbas portiga olib kelinadi hamda Eronning Bander-Abbas portida temir yo‘l platformalariga ortilgan holda Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keladi.

39 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poyezdi Bander-Abbas portidan Sergeli stansiyasigacha 14 kunda yetib kelishi belgilangan. Hozirda konteyner poyezdi O‘zbekiston hududiga o‘tgan bo‘lib, bugun Toshkent shahriga yetib kelishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid: Eron va O‘zbekiston: otni qamchilash vaqti keldi (video)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring