Xitoy Tojikistonda harbiy baza quryaptimi? Rasmiy vakil izoh berdi

Xitoyning Markaziy Osiyoda harbiy bazalari yo‘q. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Van Venbin Tojikistonda bazalar qurilishi haqidagi xabarga izoh berdi.
Gap Reuters agentligining xabarlari haqida ketmoqda, unga ko‘ra Pekin Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaralari yaqinida harbiy bazalar qurilishini moliyalashtirmoqchi ekani aytilgandi.
«Ishonch bilan ayta olamanki, Xitoyning Markaziy Osiyoda hech qanday harbiy bazasi yo‘q», — dedi Van Venbin.
Tojikiston parlamenti matbuot kotibining Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, Dushanbe va Pekin Xitoyning Pomir tog‘larida (Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida, Afg‘oniston bilan chegarada) baza qurish bo‘yicha kelishuvga erishgan. TASS axborot agentligining ta’kidlashicha, boshqa OAV ma’lumotlariga ko‘ra, baza qurilishi 9,4 million dollarga baholangan. Qurilish tugallangach, baza Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter