Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy-Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi

Xitoy-Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 29-aprel tongida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor mintaqasida, Tojikiston chegarasiga yaqin hududda 5,2 balli yer qimirlashi kuzatildi.

Gonkongdagi seysmologiya observatoriyasi ma’lumot berishicha, yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 08:23 da kuzatilgan bo‘lib, zilzila markazi Qoshg‘ar shahridan taxminan 190 kilometr g‘arbda joylashgan. Yer osti silkinishlari qanchalik chuqurda sodir bo‘lgani aniq emas. Hozircha jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida xabarlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta (23-aprel) Tibetda 6,3 balli zilzila kuzatilgandi. Xuddi o‘sha kuni va deyarli bir paytda (soat 23:15 da) Hindistonning Arunachal-Pradesh shtatida ham 6,1 balli yer osti silkinishlari qayd etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring