Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy va unga qo‘shni mamlakatlarda kuchli zilzilalar yuz berishi mumkin

Xitoy va unga qo‘shni mamlakatlarda kuchli zilzilalar yuz berishi mumkin

Myanmadagi zilzila oqibatlari.

Xitoy seysmologlari tadqiqot o‘tkazib, mamlakatda va unga tutash hududlarda kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimoli yuqoriligidan ogohlantirishdi.

South China Morning Post gazetasi yozishicha, Pekin zilzilalar bo‘yicha agentligi katta muhandisi Chju Xunbin boshchiligida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Xitoy va qo‘shni hududlarda yaqin yillarda Myanmada yuz berganga o‘xshash kuchli yer osti silkinishlari sodir bo‘lishi xavfi bor. Olimlar 1879-yildan buyon qayd etilgan 150 ga yaqin yer qimirlashini tahlil qilishdi va zilzilalarning oltita asosiy faollik davrini ajratishdi.

«Ayni paytda mintaqada yangi seysmik faollik davriga o‘tish boshlangan bo‘lishi mumkin», — deyishmoqda tadqiqotchilar.

Ularning fikricha, kuchlanish maydoni shimoli-sharqqa burilishi mumkin, shu bois Xitoyning Sichuan, Yunnan provinsiyalari hamda Himolay hududlarida kuchli yer osti silkinishlari ehtimoli oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 28-mart kuni Myanmada so‘nggi 80 yildagi eng kuchli — magnitudasi 7,7 ballga teng zilzila yuz berib, minglab odamlar qurbon bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring