Xitoyda 77 o‘rinli elektr avtobus ishlab chiqarildi (foto)

Xitoydagi elektrotransport ishlab chiqaruvchi eng yirik «BYD» kompanisi tomonidan dunyodagi eng sig‘imli elektr avtobus ishlab chiqarildi. Bu haqda «Business insider» xabar berdi.
Ishonchli temir-fosfat akkumulyatorlar bir quvvat olishda 370 kilometrgacha yo‘l bosish imkonini berib, eng ekstremal sharoitlarda ham xavfsizlikni ta’minlaydi.
Ushbu yo‘lovchi tashuvchi avtobus — «C10MS» Nashvill (AQSh, Tennessi shtati)dagi «United Motorcoach Assocation» ko‘rgazmasida taqdim etildi. Ishlab chiqaruvchi — «BYD» kompaniyasi avtobuslarni Amerika bozoriga yetkazib berishga shayligini bildirgan.

«C10MS»dan shahar ichida va shaharlararo qatnovlarda foydalanish mumkin. 77 yo‘lovchiga mo‘ljallangan ushbu avtobusda jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning aravachalari uchun ham joylar ko‘zda tutilgan.
Avtobusning uzunligi — qariyb 14 metr, kengligi — 2,6 metr, balandligi — 4 metr. 100 100 km/soatgacha tezlik oladi, quvvati 370 km.gacha yetadi. Burilish radiusi 15 metrni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter