Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda chiqarilayotgan eng sifatli avtomobillar aniqlandi (top-5)

Xitoyda chiqarilayotgan eng sifatli avtomobillar aniqlandi (top-5)

Audi Q6.

Foto: Drom

Xitoy avtomobillar sifati tarmog‘i (China Automotive Quality Net) Xitoyda mahalliy avtomobilsozlar zavodlaridan chiqayotgan eng sifatli yengil mashinalar reytingini tuzdi.

Birinchi o‘rinni Audi Q6 egalladi, ushbu model SAIC-Volkswagen qo‘shma korxonasi tomonidan chiqarilyapti. Bu mashina haqida salbiy fikrlar juda ozligi bois, u atigi 140 «jarima» bali to‘pladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda — Honda UR-V va XR-V, har ikki mashina Honda-Dongfeng qo‘shma korxonasi mahsuloti, bular tegishli ravishda 142 va 143 «jarima» ballarini oldi.

Honda UR-V

To‘rtinchi o‘rinda — Audi Q2L krossoveri (145 ball, FAW-Volkswagen qo‘shma korxonasi mahsuloti).

Beshinchi o‘rinda — Honda Avancier (146 ball, Honda-GAC zavodida ishlab chiqarilgan).

Bu Xitoyda chiqarilayotgan avtomobillarga xitoyliklarning o‘zlari bergan baho. Sifat reytingi tepasida bironta ham milliy brend yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring