Xitoyda dahshatli YTH natijasida 11 kishi halok bo‘ldi

Xitoy sharqida yuk mashinasi bilan avtobus to‘qnashuvi 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deya xabar berdi «Sinxua» agentligi.
Baxtsiz hodisa 4-aprel kuni erta tongda Szyansu provinsiyasidagi Shenyan-Xaykou trassasida sodir bo‘lgan.
Yuk mashinasi ajratuvchi to‘siqlarni yiqitib, avtobus bilan to‘qnashgan. Buning oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan. Ustiga-ustak, yuk mashinasining orqasida ketayotgan yana ikkita mashina unga borib urilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Jabrlanganlar ham bor, ularning aniq soni noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter