Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda «hasharotli» vaksinani odamlarda sinashga ruxsat berildi

Xitoyda «hasharotli» vaksinani odamlarda sinashga ruxsat berildi

Illyustrativ foto

Xitoy mahsulotlar davlat boshqarmasi koronavirus infeksiyasiga qarshi gen-muhandislik vaksinasi ustida klinik sinovlar o‘tkazishga ruxsat berdi. «Global Times» yozishicha, ushbu vaksinaga hasharotlar hujayrasi asos qilib olingan.

Vaksina bilan mamlakat janubi-g‘arbidagi Sichuan universiteti biolaboratoriyasi olimlari shug‘ullanishmoqda. Xitoylik mutaxassislarga ko‘ra, ular juda yuqori sifatli dori yaratishni uddalashgan, maymun va boshqa hayvonlarda sinab ko‘rishgan. Hozircha vaksinaning nojo‘ya ta’sirlari kuzatilmagan, deyiladi xabarda.

Vaksina sinovdan yaxshi o‘tsa, universitetning o‘zidagi korxonada yiliga kamida 100 million dozadan ishlab chiqarishmoqchi.

Xitoyning «Sinopharm» farmatsevtika kompaniyasi 2020-yilning dekabridan o‘z vaksinalarini 150 dollardan sotishni boshlashi haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring