Xitoyda internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Xitoyda hollow-core fiber texnologiyasi asosida 206,5 km masofada 51,3 Tbit/s tezlikda ma’lumot uzatish bo‘yicha yangi rekordli sinov o‘tkazildi.
Bu hozirgacha qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Rekordga hollow-core fiber — ichi bo‘sh yangi avlod optik tolasi yordamida erishildi.
An’anaviy optik tolalarda yorug‘lik shisha orqali harakatlansa, mazkur texnologiyada signal havo kanali orqali uzatiladi. Bu esa kechikishlarni kamaytirib, ma’lumot almashinuvini yanada tezlashtiradi.
Taqqoslash uchun: 51,3 Tbit/s tezlik bir soniyada:
- Full HD sifatdagi 6400 ta videoni;
- 1,5 millionta fotosuratni;
- har biri 50 GB bo‘lgan 120 tadan ortiq kompyuter o‘yinini yuklab olish imkonini beradi.
Mutaxassislar fikricha, ushbu texnologiya kelajakda sun’iy intellekt, bulutli hisoblash va ulkan ma’lumotlar infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter