Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda koronavirus tufayli butun bir shahar yopildi

Xitoyda koronavirus tufayli butun bir shahar yopildi

Foto: «China Daily / Reuters»

Koronavirus tarqalgani bois Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi Juyli shahri yopildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post.

Kasallanishning beshta yangi holati ma’lum bo‘lgandan keyin choralar ko‘rildi. Shaharda jiddiyligi bo‘yicha ikkinchi darajali ogohlantirish e’lon qilindi: aholi punkti kirish va chiqish uchun yopildi, Myanma bilan yaqin chegara to‘sib qo‘yildi. 900 dan ortiq shifokorlar bemorlarning barcha aloqalarini kuzatib borish va ularga g‘amxo‘rlik qilish uchun joylarda mehnat qilishmoqda. Shaharda ommaviy sinovlar tayyorlanayotgani ham ma’lum.

Kasallikni yuqtirib olgan besh kishi Juyliga Myanma va Indoneziyadan kelishgan, ulardan ikkitasi samolyotda uchib kelgan. Ta’kidlanishicha, Xitoy hukumati mamlakatning aksariyat qismida koronavirus cheklovlarini bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring