Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda qancha pensiya olishadi?

Xitoyda qancha pensiya olishadi?

Illyustrativ foto

Xitoyda 2025-yilda bazaviy pensiya to‘lovlari 2 foizga oshiriladi, bu tarixdagi eng sekin o‘sish sur’ati yoki yomon ko‘rsatkichdir. Bu haqda Pekinning Caixin Global nashri yozmoqda.

Pensiyalarni muntazam oshirish siyosati Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagigi 2011-yilgi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, ish haqlari va inflyasiya o‘sishi kabi omillar hisobga olinib, pensiya to‘lovlari tahrir qilib boriladi.

2005–2015-yillar davomida pensiya to‘lovi yillik o‘sishi o‘rtacha 10 foizni tashkil etgan. Buning natijasida xususiy kompaniyalar ishchilarining pensiyalari o‘rtacha hajmi 700 yuan ($100) dan 2 000 yuandan ko‘proqqacha oshdi. Biroq shundan so‘ng pensiyalar hajmi o‘sishi pasayib ketdi. O‘sish 2016-yilda 6,5 foiz, 2020-yilda 5 foiz, 2023 va 2024-yillarda esa mos ravishda 3,8 va 3 foiz bo‘ldi.

Aholining tez qarishi pensiya tizimining uzoq muddatli hayotiy qobiliyatini savol ostiga qo‘ymoqda, deya holatni izohladi Ekd.me internet-nashri. Tadqiqotlarga ko‘ra, Xitoy pensiya jamg‘armasi 10 yildan so‘ng taqchillikka ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bundan tashqari, mamlakatda shahar va qishloq aholisi pensiyalaridagi tafovut yer bilan osmoncha.

Hukumatning 2024-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda shaharda yashovchi ishchining o‘rtacha pensiyasi — 3 825 yuan ($530), qishloqda — 246 yuan ($34).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring