Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda shifokorga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxs o‘limga hukm qilindi

Xitoyda shifokorga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxs o‘limga hukm qilindi

Pekin sudi shahardagi kasalxonada to‘rt kishini pichoqlagan shaxsni ikki yillik muhlat bilan o‘limga mahkum etdi, deb xabar qildi Sinxua yangiliklar agentligi.

Sudning ma’lumotlariga ko‘ra, Suy Chjengo birinchi bosqichda qasddan qotillikka urinishi uchun o‘limga mahkum etilgan.

Hujum Chaoyang kasalxonasida 2020-yil 20-yanvarda sodir bo‘lgan. Keyin Suy oshxona pichog‘i bilan 36 yoshli doktor Tao Yunga hujum qilgan. Suy ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va Taoning sa’y-harakatlari besamar ekanligidan norozi bo‘lgan. 

Shifokor jiddiy jarohat olgan, Suyni tinchlantirishga harakat qilgan yana uch kishi yengil tan jarohati olgan. Suy jinoyat sodir bo‘lgan joyda politsiyachilarni kutib turgan. Uning apellyasiya shikoyati berish-bermasligi noma’lum. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring