Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda superkanal qurilmoqda

Xitoyda superkanal qurilmoqda

Foto: Naked Science

Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan muxtor tumanida ikki yildan buyon Pinlu kanali qurilmoqda. U mamlakat ichki suv yo‘llarini dengiz bilan bog‘lovchi birinchi yirik kanali bo‘ladi, deb xabar berdi CGTN telekanali.

Kanalning uzunligi 134,2 kilometrni tashkil etadi. U Xenchjou shahridagi Sitszin suv omboridan boshlanib, Sinchjou shahri yaqinidagi Lou qishlog‘ida tugaydi. U yerdan kemalar Sin daryosi orqali Tonkin ko‘rfaziga yetib borishi mumkin.

Kanal I toifali ichki suv yo‘llari standartlariga muvofiq qurilmoqda, 5 000 tonna suv sig‘imiga ega kemalarni qabul qiladi.

Kanal qurilishini 2026-yilda yakunlash rejalashtirilgan. Foydalanishga topshirilgandan so‘ng, Pinlu kanali Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidan keladigan yuk kemalari uchun dengizga eltuvchi yo‘lni 560 kilometrdan ko‘proqqa qisqartirib, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari (ASEAN) bozorlariga eng to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichki kirish imkoniyatini yaratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring