Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda xavfli virus tarqalmoqda: o‘limgacha olib boradi

Xitoyda xavfli virus tarqalmoqda: o‘limgacha olib boradi

Foto: The Independent

Xitoyda davolash imkonsiz va o‘limgacha olib boruvchi chikugunya bezgagi tarqalmoqda. Hozirgacha besh minggacha odam virusni yuqtirgani qayd etildi, deb xabar berdi The Independent.

Bezgakni chivinlar tashuvchi viruslar chaqiradi, bo‘g‘inlardagi keskin og‘riq og‘ir nevrologik oqibatlarga olib keladi. So‘nggi bir haftada Guandun muzofotida 2800 dan ziyod yangi holat qayd etilgan. Shu mnosabat bilan AQSh Xitoyga yo‘l olayotgan o‘z fuqarolarini rasman ogohlantirdi, deb yozmoqda Bloomberg.

Xitoy mas’ullari, albatta, qo‘l qovushtirib o‘tiradiganlardan emas, olimlar ulkan kannibal chivinlarni yaratishdi, ular virusni eng ko‘p tarqatuvchi chivinlar (Aedes)ning qurtlari (lichinkalari)ni yeydi. Bu mutantlarning vazifasi — xavfli chivinlarni qirib tashlash.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring