Xitoydan sun’iy guruch import qilingani aytilgandi: bojxona qo‘mitasi munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahriga Xitoydan sun’iy guruchlar import qilingani aytilgan video xabarlar tarqalgan edi.
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Nurbek Salomov ushbu xabarlarga munosabat bildirib, uning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
«Mamlakatimizga import qilinadigan gurunchlar ichida turli xil zararkunanda va hasharotlar yo‘qligi bo‘yicha hamda o‘ta xavfli va boshqa infeksiyalar olib kirilmasligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi. Mahsulot tegishli tashkilotlar xulosasiga ko‘ra iste’molga yoki ekishga yaroqli deb topilsagina O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat beriladi», – deydi Salomov.
O‘zAning ma’lum qilishicha, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ham bunday guruch mamlakatga import qilinmaganini aytgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili 100 ming gektardan ortiq maydonda sholi yetishtiradi. Respublika sharoitida aholi jon boshiga o‘rtacha yilga 9,8 kilogrammdan guruch iste’moli talab etiladi. Ya’ni respublika aholisini to‘liq guruch mahsulotlari bilan ta’minlash uchun 353 ming tonna guruch zaxirasi talab etiladi.
Respublika hududlarida 2022-yilda 105,8 ming gektar maydonlarda sholi ekilib, 516,9 ming tonna sholi yetishtirilgan. Guruch hisobida 310 ming tonnani tashkil etadi. Ya’ni aholi talabiga nisbatan 43 ming tonna kam guruch ishlab chiqariladi (2021 yilga nisbatan 48 ming tonna ko‘p sholi yetishtirilgan).
Tahlillarga ko‘ra, 2022-yilda respublika bo‘yicha 8 ming tonna guruch import qilingan bo‘lsa, 2023-yilda 53,5 ming tonna guruch importi amalga oshirilgan. Ya’ni iste’molga nisbatan 10 ming tonna ortiqcha guruch import qilingan.
Guruch importi Qozog‘istondan 29,3 ming tonna (54,7 foiz), Pokistondan 23,2 ming tonna (43,3 foiz), Tailanddan 599 tonna (1,1 foiz), Turkiyadan 265 tonna (0,5 foiz) va Hindistondan 126 tonna (0,2 foiz) va boshqa mamlakatlardan 21,1 tonna (0,02 foiz) guruch importi amalga oshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter