Xitoyning eng yirik ikki banki Rossiya bilan bitimlarni chekladi

Xitoyning ikki yirik banki — Bank of China va ICBC Rossiyadan xom ashyo sotib olish bo‘yicha bitimlarni chekladi.
Mamlakat oliy rahbariyatining tasdig‘i bilan bunday jiddiy qarorga kelinadi, yozmoqda Bloomberg.
Industrial&Commercial Bank of China (ICBC) bo‘linmasi g‘arb banklari ortidan rossiyalik xom ashyo eksportchilari bilan bitimlarni qoplash uchun akkreditivlar berishni to‘xtatdi. Bank dollarlik operatsiyalarni to‘xtatdi, ayrim hollardagina yuanda tuzilgan operatsiyalar uchun akkreditivlar berilmoqda.
Bank of China o‘z risk-menejmentidan kelib chiqib ham Rossiyadan xom ashyo sotib olishni moliyalashtirishni to‘xtatgan. Bloomberg manbalariga ko‘ra, bank milliy regulyatorning tavsiyalarini kutmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter