Xizmat haqi uchun berilgan dollarning «misi» chiqdi
Zangiota tumanida yuk avtomashinasi haydovchilariga qalbaki AQSh dollari bergan fuqaro ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.A. Rossiya davlatidan yog‘och mahsulotini olib kelib bergan yuk avtomashinasi haydovchilari U.D. va S.N.ga xizmat haqi uchun 14 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter