Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmat ko‘rsatish sohasi uchun banklarga 100 million dollar kredit ajratiladi

Xizmat ko‘rsatish sohasi uchun banklarga 100 million dollar kredit ajratiladi

Foto:«Xabar.uz»

«Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSh dollari ekvivalentida kredit ajratiladi.

Kredit tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi.

Kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarga, ayniqsa maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi.

Kredit mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari bo‘yicha «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida kreditlar ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring