Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jaylida 1,2 ming nafar haydovchi ushlandi

Xo‘jaylida 1,2 ming nafar haydovchi ushlandi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘istondagi mahallalarda o‘rganishlar olib borgan. Xususan, Xo‘jayli tumanida 1201 nafar qoidabuzar haydovchi ushlangan.

Tumandagi o‘rganishlar davomida mahallarni jinoyatdan xoli xavfsiz hududga aylantirish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanishni ta’minlash, kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish maqsadida tezkor-profilaktik tadbirlar ham olib borilgan.

Tadbirlarning birinchi kunida 22 ta jinoiy, 46 ta ma’muriy huquqbuzarlik holatlari aniqlangan, 2 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan. Kunduzgi va tungi «avtoreyd» tadbirlarida esa 1201 nafar qoidabuzar haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring