Xonandaning ishi yopiq sudda ko‘riladi
O‘zbekistonlik xonanda jiddiy ayblov bilan qamoqqa olingani xabar qilingandi. Yaqinda uning ishi sudga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.
Oliy sud axborot xizmati Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi «a» bandi bilan ayblangan J. U. ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudiga kelib tushganini tasdiqladi.
Shu bilan birga, ushbu jinoyat ishi doirasida A. Z. va Sh. Q. ham Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan ayblanib sudga berilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi J. U. ga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi, ayblanuvchilar A. Z. va Sh. Q. ga «garov» ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi joriy yil 6 yanvar kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 391-moddasi (jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi) tartibida, ya’ni jinoyat sodir etilgan hududdagi jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun yuborilgan.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqiladi.
Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha alohida bayonot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter