Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonobodda turizm shaharchasi barpo etilmoqda

Xonobodda turizm shaharchasi barpo etilmoqda

Foto: Auz.uz

Xonobod shahridagi Xontog‘ qir-adirliklaring 30 gektar qismida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida hududga kelib dam oluvchilar uchun xizmat qiluvchi turizm shaharchasi bunyod etilmoqda. Bu haqda auz.uz sayti muxbiri Begzodbek Jabaraliyev xabar bermoqda.

Qurilish shtabining ma’lum qilishicha, qurilish ishlari davlatimiz rahbari joriy yilning 16-17 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida Xonobod shahrida bo‘lib, tabiati betakror bu maskanni sayyohlik markaziga aylantirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalariga asosan amalga oshirilmoqda. Loyihaga asosan, shaharchada dam olish uchun zarur bo‘lgan 1000 dan ortiq dala hovlilar, ochiq va yopiq suv havzalari, milliy choyxona va zamonaviy restoranlar, sport maydonlari qurib bitkaziladi.

Ayni paytda bunyodkorlik ishlari bilan birga hudud infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz trubalarini tortish va boshqa shaharcha infratuzilmasini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring