Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda aholining ichimlik suvi uchun to‘lagan pullari talon-toroj etildi

Xorazmda aholining ichimlik suvi uchun to‘lagan pullari talon-toroj etildi

Foto: Xabar.uz

Xorazm viloyatida ichimlik suvi uchun to‘lov qilingan mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch, Qo‘shko‘pir, Xiva, Xonqa va Gurlan tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Unda “X.S.T.” AJning ushbu tumanlar filiali mas’ul shaxslari iste’molchilar tomonidan ichimlik suvi uchun to‘lov qilingan jami 380 mln so‘m mablag‘larini bank hisob raqamlariga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring