Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda bug‘u va jayron shoxlari kontrabandasining oldi olindi

Xorazmda bug‘u va jayron shoxlari kontrabandasining oldi olindi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqarmaga kelib tushgan tezkor ma’lumotga asosan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda tabiat resurslari boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda Urganch tumani buyum bozoridagi yuk mashinalar avtoturargohida fuqaro J.M boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada bir guruh fuqarolarga tegishli jami 7 ta polietilen qopda 47 dona bug‘u va 3 dona jayron shoxi borligi aniqlandi. Hozir mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: bug‘u va jayronlar noyob jonivorlar sifatida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining «Qizil kitob»iga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring