Xorazmda FVBning 2 xodimi firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi Xazorasp tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollari talab qiladi.
DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 400 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi ham o‘zganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m olganlik holati hujjatlashtirildi.
Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter