Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda ikkita elektr stansiyasi quriladi

Xorazmda ikkita elektr stansiyasi quriladi

Xorazmda 2022 yilda Turkiyaning «ODAS ENERJI A.Ş.» kompaniyasi bilan hamkorlikda issiqlik elektr stansiyasi quriladi. Bu haqda viloyat hokimi Farhod Ermanov murojaatnomasida ma’lum qilib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Yangiariq tumanida davlat-hususiy sherikchiligi asosida quvvati 174,0 MVt. ga teng bo‘lgan «Issiqlik elektr stansiyasi qurish» loyihasi amalga oshiriladi hamda ushbu loyiha doirasida 105,0 mln. dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi.

Shuningdek, Tuproqqal’a tumanidagi Sarimoy massivi hududida Davlat-xususiy sherikchiligi asosida quvvati 100,0 MVt. ga teng bo‘lgan «Quyosh fotoelektrik stansiyasi qurish» loyihasi 100,0 mln. dollar qiymatida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Natijada, 283 ta mahalla va 1 mingdan ziyod korxonalarni ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring