Xorazmda «Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» ochildi

Xorazmda «Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» ochildi. Ushbu maktab «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan Yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar bermoqda.
Mazkur maktabni ochishdan asosiy maqsad yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarga hayotiy tajribalardan saboq berish, ularning oilaviy munosabatlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, senator Dilorom Toshmuhamedova, Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi Mansur Masharipov, viloyat Xoin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulsara Qurbonboyeva va mutasaddi tashkilot rahbarlari, viloyatdagi yosh oila vakillari ishtirok etishdi.
Yosh oilalarga seminar-treninglar o‘tish uchun viloyatdagi eng namunali oilalardan biri Masharipovlar oilasi ham taklif etilib, oilaning birdamligi va totuvligida nimalarga e’tibor qaratish to‘g‘risida hayotiy misollar keltirishdi
Ochilish marosimidan so‘ng maxsus trenerlar tomonidan yosh oila vakillari uchun birinchi o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter