Xorazmda kelin qaynonasini pichoqladi

Xorazm viloyatida 28 iyul kuni tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi. IIV axborot xizmatining xabar berishicha, Xorazm viloyatining Xiva tumanida uy bekasi D.A. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi qaynonasi A.A.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada A.A. kasalxonaga yotqizilgan. D.A. qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter