Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda o‘quvchilarga bepul tushlik berish uchun qancha pul ajratilishi ma’lum bo‘ldi

Xorazmda o‘quvchilarga bepul tushlik berish uchun qancha pul ajratilishi ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmdagi umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik berilishini ma’lum qilgan edi. Viloyat hokimi Farhod Ermanov viloyat aholisiga qilgan murojaatida ushbu maqsad uchun qancha mablag‘ ajratilishini aytib o‘tdi.

— 2022 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash maqsadida 1-4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun, bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu maqsadlarga 100 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi, — dedi Farhod Ermanov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring