Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimi jinoyat ustida ushlandi

Xorazm viloyati Yangiariq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limining mas’ul xodimi tuman hududida joylashgan va «Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi» davlat muassasasi balansida bo‘lgan 29 gektar yer maydonini chorvachilik yo‘nalishida 49 yil muddatga ijara asosida foydalanish uchun olib berish va mansabdor tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 4000 AQSh dollari talab qiladi.
DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 3900 AQSh dollari va 1 mln 297 ming so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter