Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda rekord darajada issiq harorat kuzatildi

Xorazmda rekord darajada issiq harorat kuzatildi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 22 iyul «Tuyamo‘yin» kuzatuv stansiyasida maksimal havo harorati +47.5 darajaga yetdi.

Mazkur ko‘rsatgich Xorazm viloyatida kuzatilgan eng yuqori havo harorati ko‘rsatgichini 0.5 darajaga yangiladi.

Oldingi eng yuqori ko‘rsatgich viloyatning boshqa «Xiva» meteorologik stansiyasida qayd etilgan bo‘lib, 2018 yili stansiyada +47 daraja issiq harorat ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda 23 iyul sanasi uchun rekord harorat qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring