Xorazmdagi bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 19-iyun kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan «Urganch markaziy dehqon bozori»da yong‘in sodir bo‘lib, bozorning yopiq savdo pavilonidagi savdo rastalarining 200 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Hozir surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas