Xorazmdagi choyxonada bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi

Joriy yil 20-fevral kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida joylashgan «Ortiq ota» nomli choyxonada, egasi fuqaro K.O., uning turmush o‘rtog‘i I.S., hamda farzandlari Z.O., O.O., va X.O.,lar choyxonaning oshxonasida joylashgan gaz o‘chog‘idan gaz sizib chiqishi natijasida is gazidan zaharlanganlar.
Natijada K.O., turmush o‘rtog‘i I.S., va farzandi X.O., hodisa joyida vafot etishgan, ikki nafar farzandi Z.O., va O.O.,lar kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter