Xorijdan konditsioner import qilish keskin ko‘paydi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 41,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 184,7 mingta konditsioner import qilingan.
Konditsioner importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 62 mingtaga oshgan.
O‘zbekiston 27 ta davlatdan konditsioner import qilgan.
O‘zbekiston 6 oy mobaynida eng ko‘p konditsioner import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 174 391 dona
— Turkiya – 4 754 dona
— Ispaniya – 899 dona
— Litva – 811 dona
— Tailand – 772 dona
— Fransiya – 515 dona
— Koreya – 498 dona
— Italiya – 458 dona.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter