Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy va mahalliy OAV vakillari Namangan turizm salohiyati bilan tanishdilar

Xorijiy va mahalliy OAV vakillari Namangan turizm salohiyati bilan tanishdilar

5–7 avgust kunlari Turizm qo‘mitasi va Namangan viloyati Turizm boshqarmasi hamkorligida viloyatning boy sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish, uning tabiiy, tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda yoritish orqali sayyohlarni jalb etish maqsadida xalqaro press-tur tashkil etildi.

Unda Turkiya, Eron, Qozog‘iston, Germaniya, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan tashrif buyurgan 20 ga yaqin xorijiy va mahalliy OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nuriddinov tomonidan samimiy qabul qilindi. Ularni viloyatning diqqatga sazovor joylari, turizm infratuzilmasi va hududda yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

OAV vakillari Pop, Chust, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on va To‘raqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurib, «Chodak» va «Nanay» turizm qishloqlari hamda «Axsikent» yodgorligida joylashgan va barpo etilayotgan turizm ob’yektlari, milliy hunarmandchilik markazlari, tarixiy va tabiiy maskanlar, shuningdek zamonaviy dam olish va sayohat qilish ob’yektlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Press-tur ishtirokchilari ushbu hududlarning sayyohlar uchun jozibador jihatlarini o‘rganib, o‘z OAV platformalari orqali keng ommaga yetkazishni maqsad qildilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring