Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Illyustrativ foto

Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

  • Ilova (quyidagi rasm)da keltirilgan OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi;
  • davlat OTMlariga hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirmaydi.

Muhim sanalar:

Ro‘yxatdan o‘tish: 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)

Test sinovlari: 12-oktyabrgacha o‘tkaziladi

Natijalar: 17-oktyabrgacha aniq bo‘ladi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda testda ishtirok etadigan abituriyentlardan Prezidentning qarori (PQ–4319-son, 14.05.2019)ga muvofiq belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.

Batafsil: https://t.me/eduuz/38258

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring