Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xose Venansio Lopes O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

Xose Venansio Lopes O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

Taniqli ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopesni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi.

Bugun O‘FA rahbariyati va tajribali murabbiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov O‘zbekistonda sportga, xususan, futbol va futzalga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, terma jamoa oldiga keyingi yilda yurtimizda o‘tkaziladigan Jahon chempionatida munosib ishtirok etish vazifasi qo‘yilganini ta’kidladi. 

Bu borada xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan hamkorlik qilish orqali kelgusida infratuzilmani Yevropa standartlari asosida shakllantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Xose Venansio Lopes o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun, Venansio ikki bor Ispaniya terma jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan. Jahon chempionati finaliga olib chiqqan. Klublar o‘rtasida Yevropa chempioni. Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor superkubok egasi. Shuningdek, 5 bor dunyoning yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring